Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Аbdurahim Yusufzoda

(1880 - 1937)

Bolaligi. Buxorodagi jadidchilik harakatining taniqli namoyandasi, davlat arbobi va diplomat. 1880-yili Andijonda to‘quvchi hunarmand oilasida tugʻilgan.

Maʼlumoti. Abdurahim Yusufzoda Andijon va Buxorodagi madrasalarda o‘qigan.

Faoliyati. Abdurahim Yusufzoda 1905–1917-yillarda Buxorodagi Ayozbiy madrasasida mudarrislik qilgan. 1912-yildan Yosh buxoroliklar partiyasida faol qatnashgan. BXSR tuzilgach, u Chorjo‘y viloyati inqilobiy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, BXSR ziroat (dehqonchilik) xalq noziri (1920), BXSRning Afgʻonistondagi elchisi (1921-1922), BXSR adliya xalq noziri (1922-1923), maorif xalq nozirligida vaqf ishlari bo‘yicha maxsus komissiya raisi (1923), BXSRning Moskvadagi elchisi (1923-1924) bo‘lib ishlagan. Buxoroning amalda mustaqil bo‘lishi uchun intilgan. “Milliy Ittihod” tashkilotida faol ish olib borgan.

Ilmiy-adabiy merosi. Yusufzoda Moskvada o‘zbek va rus tillarida nashr qilingan “Buxoro hayoti” (1924) jurnalini tashkil etgan va unga muharrirlik qilgan. O‘zbekiston SSR tuzilgach (1925-yil fevral), Maorif xalq komissarligi huzuridagi Bosh vaqf idorasida rais o‘rinbosari (1925–1926) va boshqa lavozimlarda ishlagan.

O‘limi. Yusufzoda 1936-yil 22-martda Samarqandda qamoqqa olinib, BXSRning rahbar arboblari (17 kishi) qatorida Toshkentda 1937-yil 25-oktabrda otib tashlangan.

D. J.