Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Abulqosim Sayfullazoda

(1873 - 1923)

Bolaligi. Abulqosim Sayfullazoda 1873 yilda oddiy dehqon Sayfulla og‘a oilasida tug‘ilgan.

Ma’lumoti. Sayfulla og‘aning ilmga ixlosi baland bо‘lib, о‘g‘li Abulqosimni yoshligidan ilm olishi uchun ochiq fikrli ulamolardan Hoji Mirzo Muhammad mudarrisga bergan. Mudarris qо‘lida 6 yil tahsil olgach, 1897 yil Arabistonga ta’lim olishi uchun yuborgan. Abulqosim Sayfullazoda u yerda 11 yil tahsil olgan.

Faoliyati. 1909 yilda Buxoroga qaytgan va jadid maktabi ochgan. 1909 – 1910 yillarda faoliyat yuritgan Abulqosim Sayfullazoda maktabida 100-150 nafar о‘quvchi tahsil olgan. Abulqosim maktabining о‘ziga xos jihati shu ediki, u iste’dodli о‘quvchilar bilan alohida shug‘ullanib, muallimlikka tayyorlar edi. Bu maktab ham tez orada qora fikrli maktab domlalarining ig‘vosi bilan, muftilarning “jadid xaromdir” fatvosiga uchrab, yopib qо‘yilgan. Ammo Abulqosim kechalari yashirin suratda xususiy uylarga bolalarni tо‘plab, о‘qitishda davom etgan.

Abulqosim Sayfullazoda jadidchilik harakatida faol ishtirok etgan. 1918 yil mart voqealaridan keyin Istanbulga muhojirlikka ketgan. 1920 yil sentabrda amirlik tuzumi tugatilgach, Buxoroga qaytadi. BXSR hukumatining Maorif nazorati huzuridagi tojiklarning maktab rahbari lavozimida ishlaydi. Tojik maktablari uchun ta’lim-tarbiya kursi ochib, muallimlar tayyorlagan.

О‘limi. 1923 yil 25 martda vafot etgan. 

D.J.