Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Hayratiy

(1870 - 1963)

Bolaligi. Hoshim Solih oʼgʼli Hayratiy 1870-yilda Shahrixonning Begvachcha Qashqar mahallasida hunarmand aravasoz oilasida dunyoga keldi. Yoshligidan uni maktabdorlik qiluvchi amakisi mullo Jalil oʼz tarbiyasiga oldi. Аmakisi unga xat-savod oʼrgatdi, soʼngra boʼlajak shoir doʼsti Oraziy bilan birga shaxsiy mutolaa qila boshlaydi. Klassiklar asarlarini qunt va chidam bilan oʼrganish, ulardagi mahorat sirlarini egallash unda badiiy adabiyotga havas uygʼotadi. Hayratiy 1903-yildan boshlab sheʼrlar ijod qila boshlaydi.

Rus mustamlakachiligi davrida ham Аndijonda maʼlum darajada adabiyot rivoj topdi. Taraqqiyparvar shoirlar oʼz sheʼrlarida erk va xalq baxtini kuylab, mavjud tuzumdagi adolatsizliklarni ochib tashladilar, ular orasida Oraziy, Hayratiy, Xudoyberdi, Muntazir, Muhib, Pirimqori, Mushtak, Bimiy, Rizoiylar boʼlgan. 1897 – 1898-yillari Muqimiyning Shahrixonga kelishi, Oraziy, Hayratiy bilan uchrashib, ularga ijodiy yoʼllanmalar berishi, shoir uchun ham unutilmas bir maktab boʼldi.

Hayratiy 1916-yili Shahrixonda yuz bergan qoʼzgʼolondan soʼng, Oraziy singari, Margʼilon atrofida yashirinib yurishga majbur boʼladi.

O‘limi. Shoir 1940-yildan umrining oxirigacha Toshkent viloyatining Yangiyoʼl tumanida istiqomat qildi. Shoir 1963-yilda shu yerda vafot etdi.

(O.Z.)