Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Akrom Usmonov

(1902 - 1931)

Bolaligi. Akrom Usmonov oʻzbek matbuoti va maorifi sohasida faoliyat yuritgan jadid maʼrifatparvarlaridan boʻlib, 1902-yili Namangan shahri bogʻbon oilasida tugʻilgan.

Maʼlumoti. Avval eski usuldagi maktabda, soʻng oʻqituvchilar tayyorlash kursida oʻqigan. Xalq maorif boʻlimi uchun ochilgan uch oylik instruktorlar tayyorlash kursida malaka oshirgan. U zamonaviy taʼlim bilan birga 1916 – 1917-yillari qorixonada oʻqib, diniy bilimlarini oshirgan.

Mehnat faoliyati. 1922-yilgacha oʻrta maktablarda muallimlik qilib oʻzbek yoshlariga taʼlim bergan. Shu bilan birga  “Fargʻona”, “Yangi Fargʻona”, “Qizil Oʻzbekiston” gazetalarida muxbir, adabiy xodim, boʻlim mudiri vazifalarida ham ishlagan.

Oʻlimi. 1929-yili OGPU tomonidan millatchilikda ayblanib, shubha ostiga olingan ziyolilar tarkibida Akrom Usmonov ham bor edi. Uni 1929-yil 14 dekabrda “Milliy ittihod” tashkiloti aʼzosi sifatida qamoqqa oladilar. Yosh va gʻayratli, millatparvar sovet hukumati uchun eng zararli kishilar qatoriga kiritiladi. OGPUning 1931-yili oʻtkazilgan sud qaroriga koʻra oliy jazoga hukm qilingan.

M. D.