Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Ahmad Nayim

(1900 - 1984)

Bolaligi. “Yosh buxoroliklar” partiyasining a’zosi Ahmad Nayim 1900 yili Buxoroda tug‘ilgan.

Ma’lumoti. Ota-onasidan erta yetim qolgan Ahmad Nayim 1907 yilda amakisi bilan Istanbulga ketgan. 1907 – 1914 yillarda ibtidoiy maktabda, litseyda, “idadi” deb ataladigan о‘smirlar ta’lim maskanida о‘qigan. Bu paytda Turkiyada “Yosh turklar” hukumati ta’siri ostida ilg‘or islohotchilik va ma’rifatchilik g‘oyalari keng tarqalgan. 1914 yilda Buxoroga qaytgan Ahmad Nayim yosh bо‘lishiga qaramay, jadidchilik harakatiga qо‘shilgan. 1917 yil apreldagi voqealardan sо‘ng, Istanbulga muhojirlikka ketgan.

1918 – 1920 yillarda Istanbul universitetida о‘qib yurgan kezlarida Buxoroda amirlik tartibi ag‘darilganligi va BXSR tuzilganligidan xabar topgan. 1922 yilda Ahmad Nayim Turkiyaga tashrif buyurgan buxoroliklarning vakili Sadriddin ismli kishi orqali Abdurauf Fitratning Buxoroga taklifini olgan va Buxoroga kelgan. 1922 yilning yozida Germaniyaga о‘qishga ketgan.  1924 yilda BXSR tugatilgach, Germaniyada tahsil olib qaytgan bir guruh yoshlarga asossiz ravishda “sotqin”, “vatan xoini” kabi ayblovlar qо‘yila boshlagach, Ahmad Nayim 1925 – 1930 yillarda talabalarning О‘zbekistonga qaytishi xavfli ekanini anglagan va ularni Turkiya Respublikasiga joylashtirish tadbirlarini kо‘rgan. О‘sha paytda Turkiyada boshpanaga ega bо‘lish oson emas edi. Germaniyada tahsil olayotgan 14 talabadan 6 tasini Turkiyaga olib kelib hayotini saqlab qolgan.

Faoliyati. Ahmad Nayim 1954 yilda Istanbulda tuzilgan “Turkistonliklar kultur va sotsial yordamlashma jamiyati” (“Turkiston madaniy va ijtimoiy yordam jamiyati”)ning birinchi raisi bо‘lgan. Mazkur jamiyat Turkiyadagi millatdoshlarni birlashtirish, milliy madaniyat va tilini saqlash, madaniy jihatdan bir-birlarini qо‘llab-quvvatlash maqsadida tuzilgan. Ahmad Nayim bu jamiyatni 1960 yilga qadar boshqargan.

О‘limi. 1984 yili vafot etgan.

D.J.