Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Hаmro Аbdullаev

(1907 - 1938)

Bolaligi. 1907 yil Tojikistonning Kо‘lob shahrida tug‘ilgan. Jadidlar izdoshi.

Ma’lumoti. Hamro Abdullayev 1922 yildan Germaniyada о‘qib, ikki yil umumiy ta’lim maktabida, sо‘ng tо‘rt yil davomida Xelmshtadt shahridagi Oliy qishloq xо‘jaligi maktabida о‘qigan.

Faoliyati. 1927 yil iyulda Buxoroga kelib, dastlab, Romitanda agrotexnik bо‘lib ishlagan. Sо‘ng ikki yil О‘rta Osiyo paxtachilik institutida о‘qigan va keyingi faoliyati paxtashunos-agronomlik sohasida bо‘lgan. 1936 yilning oxirida ishdan bо‘shatilgach, Stalinobodga borib erkaklar texnikumida nemis tilidan о‘qituvchilik qila boshlagan.

О‘limi. 1938 yil 12 yanvarda Hamro Abdullayev qamoqqa olingan va 1938 yil 14 oktabrda otib о‘ldirilgan.

D.J.