Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Bahrom Haydariy

(1900 - 1951)

Bolaligi. Jurnalist va pedagog. U 1900 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Bolaligi Toshkentning eski shahar qismida о‘tgan.

Ma’lumoti. Boshlang‘ich ta’limni maktabda, sо‘ng “Beklarbegi” madrasasida tahsil olgan. Yangi usul maktabida, keyinchalik esa о‘qituvchilar tayyorlash kurslarida о‘qigan. 1919-1921-yillarda dastlab Bokuga, u yerdan Istanbulga borib muallimlar seminariyasida ta’lim olgan. Toshkentdagi О‘rta Osiyo davlat universitetining Sharq bо‘limida о‘qigan.

Faoliyati. 1921-yilda Istanbuldan Turkistonga qaytgach milliy ziyolilar safida madaniy sohalarda faoliyatini davom ettiradi. U San’at muzeyida, Toshkent okrug ijroiya komitetida turli lavozimlarda ishlagan. Toshkentda nashr etilgan “Qizil О‘zbekiston” gazetasida 1925-yildan faoliyat olib borgan. Shuningdek, “Yer yuzi” jurnalida bо‘lim mudiri bо‘lib ishlagan. Sо‘ng u о‘z faoliyatini “”О‘zbekkino”da davom ettirib tarjimonlik qiladi. Keyingi mehnat faoliyati О‘rta Osiyo irrigatsiya injiner va texniklari institutida о‘tgan. Ushbu institutda  о‘zbek tili va adabiyotidan dars bergan. Ushbu institutda “О‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasini tashkil etgan.

Ilmiy-adabiy merosi. Bahrom Haydariy matbuotda о‘zining maqola va hikoyalari bilan ishtirok etgan. “Tо‘g‘rul” tahallusi bilan ijod qilgan. Bahrom Haydariy 1916-yil qо‘zg‘oloni voqealarini aks ettirgan “Masjid gumbazlari ostidan” kino kartinasini tahlil etib, unda о‘zbeklar turmushini yoritishda yо‘l qо‘yilgan kamchiliklarga tо‘xtaladi. “Yer yuzi” jurnalining 1926-yil 10-sonida uning “Kо‘rgulik” nomli hikoyasi nashr etilgan.

Oilasi: Bahrom Haydariy oilalik. Najot ismli о‘g‘li bо‘lgan. Bahrom Haydariy surgundalik vaqtida tug‘ilgan. Uzoq yillar mobaynida oilasi va yaqinlaridan uzoqda surgun azobini tortib faqatgina 1948-yilda yashirin ravishda o‘g‘li va yaqinlarini kо‘rishga ruxsat berilgan.

Qatag‘oni: Bahrom Haydariy 1937-yil 15-noyabrda sababsiz ishdan bо‘shatilib, bir oydan sо‘ng Turkiyada о‘qiganligini ayb qilib Sverdlovsk viloyatining Tavda degan joyiga о‘n yilga surgun qilinadi. 1947-yil surgundan qaytib Sirdaryo viloyati Mirzachо‘l tumanida yashash uchun ruxsat oladi. 1948-yil surgunni о‘tab jazo muddati tugaganiga qaramay ikkinchi bor qamoqqa olinib Krosnayarsk о‘lkasining Suxovo qishlog‘iga surgun qilingan. Ana shu yerda 1951-yil 51 yoshida vafot etgan.

A.Y.