Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Fayzulla Usmonov

(1890 - 1931)

Bolaligi 1889-yil Namangan shahri Chuqurko‘cha dahasining “Hizir” mahallasida tugʻilgan. Oldining duradgor keyinchalik to‘quvchilik kasbi bilan shugʻullangan otasi Usmonxon Yunusov farzandlarining taʼlimiga katta eʼtibor bergan. U o‘z davrida Namangan shahrida katta obro‘ga ega bo‘lgan Mamatxon To‘ra eshonning yaqin muridlaridan bo‘lgan. Turmush o‘rtogʻi Oyshaxon bilan birga uch farzandni tarbiya qilgan.

Otaxon Usmonov mahalla maktabini tamomlab otasi kasbini davom ettirgan, keyinchalik sovet hokimiyati yillarida tashkil etilgan “Yangi qadam” kolxozida faoliyatini olib borgan. Fayzulla qamoqqa olingan vaqtda 38 yoshda bo‘lgan.

Shahob Usmonov maktab taʼlimini tamomlab otasining duradgorlik keyinchalik to‘quvchilik ishlarida yordam bergan. 1920-yillarda bir muddat muallimlik qilgan. So‘ng Namangan shahridagi Kirov nomlik artelda ishlagan. Akasi Fayzulla qamoqqa olingan vaqtda 36 yoshda bo‘lgan.

Maʼlumoti. Fayzulla dastlab oila taʼlim va tarbiyasini, so‘ng mahalladagi anʼanaviy  maktabda taʼlim olgan. U 1909-yilgacha Namangandagi “Mehmonxonayi to‘ra” madrasasida tahsil olgan. 1910-yili Boshqirdistonning Ufa shahriga borib isloh qilingan madrasada o‘z bilimini oshiradi. 1913-yilda Namanganga qaytadi. 1917-yildan keyin Toshkentga kelib dastlab Turgenev maktabida, 1920 – 1921-yillarda esa pedagogika kursida taʼlim olgan.

Mehnat faoliyati. Ufadan 1913-yilda qaytib Namanganda ochilgan yangi usul maktabida 1917-yilga qadar muallimlik qiladi. 1917-yildan Namanganda ipak to‘quvchi fabrikada faoliyat olib borgan. Mayda to‘quvchi hunarmandlarga ip yetkazib bergan. O‘zi ham uyda to‘quvchilik do‘koni ochib oilaviy to‘quvchilik ishini yo‘lga qo‘ygan. 1921-yildan boshlab Namanganga qaytib maorif sho‘basida faoliyat olib borgan. Maorif sho‘basining vaqf bo‘limiga mudirlik qilgan. U 1924-yildan 1930-yilga qadar maktabda muallimlik qilgan.

Oilasi. Fayzulla Usmonov 1917-yilda Xayrinisa Yusupova ismli qiz bilan oila qurib, ularning turmushidan Fotima va Nazira ismli qizlar tugʻilgan. Qamoqqa olingan vaqtda Fotima 12 yoshda, Nazira 7 yoshda bo‘lgan.

O‘limi. Sovet hukumatining milliy ziyolilarga qarshi kurash jarayonida GPU xodimlari uning faoliyatini ham kuzatuv ostiga oladilar. To‘plangan maʼlumotlar asosida 1929-yilda “Milliy ittihod” tashkilotining aʼzosi sifatida qamoqqa olingan. 1930-yilda OGPU hayʼatining qarori bilan mehnat jamlog‘iga 5 yilga surgun qilingan. Jamloqda qurilish ishlariga jalb qilingan. 1935-yil o‘lim jamlog‘idan qaytib Namanganda istiqomat qilgan. Biroq 1937-yil 29-avgustda ikkinchi bor qamoqqa olinib sud hukmiga ko‘ra 10 yilga yana o‘lim jazosiga surgun qilingan.

A.Y.