Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Ilhom Islomov

(1891 - )

 Bolaligi. Ilhom Islomov 1891 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Ma’lumoti. Dastlabki ta’limni eski usulda maktabida о‘qigan. 1917 yildan 1924 yilgacha pedagogika kursida о‘qigan. 1918 yildan Narimonov maktabida о‘qituvchilik qilgan. 1924 yili О‘rta Osiyo davlat universiteti fizika-matematika yо‘nalishiga о‘qishga kirgan.

Faoliyati. 1927 yili “Milliy ittihod” tashkilotiga a’zo bо‘lgan. Ilhom Islomov Salimxon Tillaxonov orqali Munavvarqori bilan tanishgan. “Milliy ittihod” tashkilotining kо‘rsatmalarini uning Namangan shо‘basiga yetkazib turgan.

Oilasi. Otasi Islom Muslimjonov 1869 yili tug‘ilgan. Onasi Sharofat aya 1874 yili tug‘ilgan. 4 ta singlisi (Xoja, Hojiya, Lutfiya, Zuhra) bо‘lgan. Xotinining ismi Xotira bо‘lib, 1897 yili tug‘ilgan. 4 nafar farzandi: ikki qiz (Nasri, Hakima) va ikki о‘g‘li (Boqi, Soqi) bо‘lgan.

О‘limi. 1929 yili “Milliy ittihod” tashkilotining a’zosi, sovet hokimiyatiga qarshi targ‘ibot ishlari olib borganlikda ayblanib, qamoqqa olingan. Keyingi taqdiri noma’lum.

 D.J.