Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Mazhariddin Burhonov

(1878 - 1937)

Bolaligi. Mazhariddin Burhonov 1878-yilda Buxoro shahrida mudarris oilasida tugʻilgan. Buxorodagi jadidchilik harakatining faol aʼzolaridan. O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasining bastakori Mutal Burhonovning katta amakisi. Saudiya Arabistonining Makka va Madina, Hindistonning Dehli va boshqa shaharlarida bo‘lgan.

Burhonlar ilk o‘rta asrlardan boshlab Buxorodagi badavlat xonadon hisoblangan. XX asr boshlaridan boshlab sulola vakillari Buxorodagi jadidchilik harakatida muhim o‘rin tutishgan.

Maʼlumoti. Eski maktabda, so‘ngra madrasada taʼlim olgan. 1918-yili Mazhariddin Burhonov ukasi Muhammir Burhonov bilan Turkiyaga ko‘chib ketgan va Istanbul universitetida taʼlim olgan.

Faoliyati. 1921-yilda Buxoroga qaytgan. 1922-yilda Buxoro Xalq SHo‘ro Jumhuriyati Maorif nozirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Buxoroda tuzilgan “Nashri Maorif” tashkiloti tarkibida faoliyat ko‘rsatgan. 1932–1933-yillarda Dushanbeda, 1933–1936-yillarda Toshkentda yashagan va ishlagan. 1936-yilda Samarqandga ko‘chib kelgan va o‘qituvchilik qilgan.

Oilasi. Mazhariddin Istanbulda turk millatiga mansub Saʼdiyaxonimga uylangan (farzandlari bo‘lmagan).

O‘limi. Mazhariddin Burhonov 1937-yil qamoqqa olingan va aka-ukalari bilan birgalikda 1937-yil 25-oktabrda Toshkent shahrida otib tashlangan.

D. J.