Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Mirza Isametdinov (Mirzo Hisomitdin)

( - )

Faoliyati. Buxoro jadidchilik harakatining faol a’zolaridan. BXSR tashqi ishlar xalq nozirligida diplomat sifatida faoliyat kо‘rsatgan. Ahmad Zakiy Validiyning yozishicha, 1923 yil 26-28 iyunda Kobulda bо‘lgan “Turkiston Milliy Birligi” tashkilotining majlisida Usmon Xо‘ja, Hoshim Shoyiq, Mirzo Hisomitdin kabi BXSRning sobiq rahbarlari ham qatnashgan. Usmon Xо‘ja bilan Mirzo Hisomitdin 1923 yil 10 avgustda Hindistonga jо‘nab, xorijda Turkiston istiqloli uchun kurashganlar. Mirzo Hisomitdin haqida hozircha boshqa ma’lumotga mavjud emas.

 D.J.