Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Muhammad Nazariy

( - 1922)

Ma’lumoti. XX asr boshlarida Istanbulda tahsil olgan.

Faoliyati. Mahmud Nazar BXSR tashkil topgach, mas’ul lavozimlarda ishlagan. “Buxoro axbori” gazetasining 1922 yil 4 aprel sonida  yozilishicha, 1922 yil mart oyida Buxoro Respublikasidan Mustafo Kamol Posho (1881 – 1938) boshchiligidagi Turkiya hukumatini rasmiy sur’atda tanish va о‘zaro munosabatlar о‘rnatish uchun Mahmud Nazar va Mahmud Rajab afandilar boshchiligidagi vakillar Anqaraga jо‘nab ketgan. BXSRning favqulodda siyosiy vakillarini rasmiy suratda “Muvaqqat Anqara hukumati” tashqi ishlar vazirining muovini Ziyodbek hamda xorijiy ishlar vakili Yusuf Kamolbek kutib olishgan. Buxorolik elchilar sharafiga ziyofat uyushtirilib, unda Mustafo Kamol ham qatnashgan. Ziyofatda Mustafo Kamol va Mahmud Nazar tomonidan sо‘zlangan nutqlar “Buxoro axbori” gazetasida tо‘liq holatda bosib chiqarilgan. Buxoro elchilari Mustafo Kamolga ehtirom ramzi sifatida oltin dastali qilich, Amir Temur davrida kо‘chirilgan Qur’oni karimning noyob nusxasini va Buxoro shahri tasviri tushirilgan nishonlarni taqdim etganlar.

О‘limi. Turk tarixchisi Mehmet Saroyning yozishicha, 1922 yili Mahmud Nazar va Mahmud Rajab elchilik vazifasini uddalab ortga qaytganlarida bolsheviklarning ayg‘oqchilari tomonidan xoinona о‘ldirilgan.

D.J.