Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Muhаmmаdjon Аvаzjonov

(1905 - 1938)

Bolaligi. 1905 yil Buxoro shahrida yirik savdogar oilasida dunyoga kelgan. Buxoro jadidchilik harakatining davomchisi va izdoshi.

Ma’lumoti. Muhammadjon 1922 yil sentabrda BXSR tomonidan Germaniyaga ta’lim olishga yuborilgan. U dastlab Germaniyaning Kyosling shahridagi pedagogika maktabida ta’lim olgan. Muhammadjon о‘rta maxsus shahodatnomani qо‘lga kiritgach, Kottibus shahridagi Oliy tekstil maktabiga о‘qishga kirgan. Oliy ma’lumot tо‘g‘risidagi diplomni qо‘lga kiritgan Muhammadjon Avazjonov 1928 yil avgustida vataniga qaytgan.

Faoliyati. 1928 yildan Muhammadjon yengil sanoat sohasida о‘z faoliyatini boshlagan. Uning sо‘nggi ish joyi 1934 yildan Farg‘ona tekstilkombinatida bosh muhandis va ishlab chiqarish bо‘limi rahbarligi vazifalari bо‘lgan.

О‘limi. Muhammadjon Avazjonov 1938 yil 9 oktabr kuni otuvga hukm qilingan.

D.J.