Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Muhammad Yusuf Xoji Doiy

(1824 - 1905)

Bolaligi. Muhammad Yusuf Hoji Doiy 1824-yilda Xorazmda tugʻilgan.

Maʼlumoti. Boshlangʻich taʼlimni olib, xat savod chiqargach, Buxoro shahriga kelib, shu yerdagi madrasalardan birida tahsil olgan. So‘ngra Arabiston va Shom mamlakatlariga safar qiladi. Safar davomida xorij mamlakatlardagi o‘zgarishlar bilan tanishadi.

Faoliyati. Shom safaridan qaytgach, Xivadagi “Arabmuhammadxon” madrasasida mudarris bo‘lib ishlaydi. Xonlikdagi amaldorlarning o‘z amalini suiiste’mol qilishiga qarshi kurashadi. Ular ustidan xonga shikoyat murojaatnomalari yuborib adolatli jamiyatni qurishga intilgan. Ammo, xonlikdagi ayrim ulamo, sipohi va mahramlarning undan qutilish yo‘lini topadilar. U mudarrislikdan olinib, Jumamasjid voizligiga o‘tkazilgan.

Ilmiy-adabiy merosi. Doiyning ijodi uning hayotga jiddiy va ayrim hollarda jamiyat tuzumiga birmuncha tanqidiy qaraganini ko‘rsatadi.

Zamondoshlari tomonidan qoldirilgan maʼlumotlarga qaraganda, Doiy juda to‘gʻri so‘z bo‘lib, haqsizlikni tanqid qiladigan. Jumladan, Doiy birmuncha vaqt masjidi jomeʼga xatib qilib tayinlanadi. Shoir o‘zining vaʼz xutbalarida mehnatkash xalq ahvoliga achinishini, xon amaldorlaridan norozi ekanini jasorat bilan gapirgan. Bu hol baʼzan bosh vazir Islomxo‘jaga ham maqul kelmagan. Natijada Doiy va Islomxo‘ja o‘rtasidagi munosabat yomonlashib, Xivadan badargʻa qilish uchun Doiy ustidan arz qiladi. Ammo Feruzning Doiyga xurmati yuqori edi. Islomxo‘janing bu ishidan so‘ng Muhammad Rahimxon Doiyni sarpo bilan taqdirlagan.

Shoirning bizgacha yetib kelgan devonida chuqur ijtimoiy mazmunli va muhabbat mavzusidagi lirik gʻazallari to‘plangan. Uning ijtimoiy mazmundagi sheʼrlari o‘zi yashagan zamon xarakteristikasi va shoirning unga munosabatini belgilaydi. Muhabbat lirikasi esa sho‘x, o‘ynoqi va hayotiy ekanligi bilan xarakterlidir.

O‘limi. Doiy 1909-yilda Xorazmda vafot etgan.

A. Y.