Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Ne’mаt Nаrzullаev

(1909 - 1938)

Bolaligi. Ne’mat Narzullayev 1909 yili Buxoro jadidlari yetakchilaridan G‘.Narzullo о‘g‘li oilasida tug‘ilgan. Jadidchilik g‘oyalari ta’sirida ulg‘aygan va ularning izdoshi sifatida ulg‘aygan.

Ma’lumoti.  Ne’mat Narzullayev 1922 – 1926 yillarda Germaniyada avval Real gimnaziyasida 4-sinfni tugatib, sо‘ng Zarau shahridagi tekstil institutiga о‘qishga kirgan va institutda birinchi kursni tugatishi bilan majburan SSSRga qaytarilgan.

Faoliyati. N.Narzullayevning Germaniyada olgan ilk mataxassiligi noshir-harf teruvchi edi. U qator yillar “Buxoro proletari”da tipografiya boshlig‘i va adabiy tarjimon bо‘lib ishlagan. 1937 yil 15 noyabr kuni “Buxoro proletari”dan ishdan olingan, sо‘ng Buxorodagi “16-partsyezd” tо‘quvchilik fabrikasida zavxoz, biblioteka mudiri vazifasida ishlay boshlagan.

О‘limi. Ne’mat Narzullayev 1938 yil 12 yanvar kuni qamoqqa olingan va 1938 yil 23 oktabrida hech bir aybi isbot etilmasdan Samarqandning о‘zida otilgan.

D.J.