Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Olim qori Kenjаyev

(1888 - 1966)

        Olim qori Kenjayev 1888 yil Gʼijduvonning Chuqurak qishlogʼida dunyoga kelgan. 1895-1908 yillar Gʼijduvondagi madrasaga oʼqigan. Dastlab Gʼijduvon mirshabboshisining kotibi, 1910-11 yillarda Vobkent qozisining kotibi, 1912-15 yillarda Chorjoʼy shahar qozisining mirzosi, 1915-20 yillarda Xatirchi begi, Ostanaqul qoʼshbegining mirzosi lavozimlarida ish olib boradi. Mirzo Olim Kenjaev Buxoro Аmiri Olimxon tomonidan amirlikning kotibiyat xizmatiga tortiladi va toʼqsabo-podpolkovnik unvoni bilan taqdirlanadi. 1920 yil kuzida amirlik agʼdarilgandan soʼng Mirzo Olim Kenjaev Xatirchida volost ijroqoʼmida mirzo, soʼng BXR Maorif nozirliklarida kotib lavozimlarida ishlaydi. Mirzo Olim Kenjaev oʼz ixtiyori bilan yangi hukumatda ishlashdan voz kechadi va Gʼijduvonga qaytib keladi.