Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Po‘lat Xo‘jaboyev

(1891 - )

Bolaligi. 1891 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkentning eski shahar qismi “Rais kо‘cha” mahallasidagi 114-uyda yashagan.

Ma’lumoti. “Qoryog‘di” mahallasidagi eski maktabda, sо‘ngra yangi usul maktabida о‘qigan.

Faoliyati. Munavvarqori Abdurashidxonov tomonidan asos solingan jamiyatlar a’zosi. Jadidlarning islomchilik, turkchilik va milliy ozodlik g‘oyalarini targ‘ib qilgan. Keyinchalik sovet maktablarida о‘qituvchilik qilgan. “Milliy ittihod” tashkilotining a’zosi bо‘lgan.

Oilasi. Otasi va ikki ukasi Murod va Jо‘ralar bog‘bon bо‘lganlar. Xotini Soliha 1896 yili tug‘ilgan, uy bekasi. 4 nafar bolasi: 2 qizi (Umri, Nurtoji) va 2 о‘g‘li (Erkin, Uchqun) bо‘lgan.

О‘limi. Sovet hokimiyatiga qarshi yot g‘oyalarni qо‘llab-quvvatlaganlikda, “Milliy Ittihod” tashkiloti yetakchisi Tangriqul hoji bilan yaqin aloqada bо‘lganlikda ayblangan. 1929 yili qamoqqa olingan. Keyingi taqdiri noma’lum.

D.J.