Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Qosim Qori

( - )

Qosim Qoriyev Yosh buxoroliklar firqasi safida boʼlgan. 1918 yildan soʼl eserlar partiyasi tarkibiga kirgan. Keyinchalik “Milliy Ittihod” tashkilotining aʼzosi. U 1922 yili tashkilotning topshirigʼi bilan Eronga diplomatik vazifaga joʼnatilgan. Qosim Qori BXSR bilan Eron oʼrtasida shartnoma tuzish uchun jiddiy saʼy-harakat koʼrsatgan. BXSR arboblaridan biri Muinjon Аminovning 1937 yil 17 yanvarda bergan koʼrsatmasida aytilishicha, bu paytda Qosim Qoriev Stalinobod shahrida boʼlgan. U toʼgʼrisida hozircha boshqa maʼlumotga ega emasmiz.