Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Rahmat Rafiqov

(1886 - 1930)

Bolaligi. Buxorodagi jadidchilik harakatining yirik namoyandasi Rahmat Rafiqov 1886-yili Buxoro shahrida Abdullabek xonadonida  tugʻilgan.

Maʼlumoti. Madrasani tamomlagan.

Faoliyati. 1917-yilda Yosh buxoroliklar partiyasi Markaziy Qo‘mitasi tarkibiga kiritilgan. 1920-yil 1-8-sentabrda Bokuda bo‘lgan Sharq xalqlari qurultoyining qatnashchisi. Buxoro Kommunistik partiyasining tashkilotchilaridan biri. Buxoroda amirlik tuzumi agʻdarib tashlangach, Rahmat Rafiqov BXSR adliya xalq noziri, tashqi ishlar xalq noziri, ichki ishlar xalq noziri lavozimlarida ishladi, shuningdek, Butun Buxoro Markaziy Ijroiya Komitetining Sharqiy Buxoro ishlari bo‘yicha diktatorlik komissiyasining raisi bo‘lib turdi. O‘zbekiston SSR tuzilgach, u 1925-yil fevraldan ichki ishlar xalq komissari lavozimini egallagan. Rahmat Rafiqov o‘n sakkizlar guruhi faoliyatida qatnashganligi uchun 1925-yil oxirida bu lavozimdan bo‘shatilgan va kommunistik partiya safidan chiqarilgan. Keyinchalik O‘zbekiston SSRning Moskvadagi doimiy vakili lavozimida ishlagan.

O‘limi. 1930-yilda Rahmat Rafiqov Toshkentda tramvay urib ketishi natijasida fojiali halok bo‘lgan. Bu fojia GPU xodimlari tomonidan tashkil qilingan, degan taxmin mavjud.

D. J.