Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Rahmatulla Muzaffarov

(1898 - 1937)

Bolaligi. Rahmatulla Muzaffarov Buxoro shahrida 1898 yilda tug‘ilgan. Yosh buxoroliklar partiyasining faol a’zolaridan.

Faoliyati. 1918-1919 yillarda Orenburg va Turkiston frontlarida qizil armiya tarkibida xizmat qilgan. Buxoroda amirlik tuzumi ag‘darib tashlangach, BXSRda turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 1922 yili Shahrisabz revkomi raisining о‘rinbosari, 1923 yili Buxoro va Chorjо‘y viloyatlari partiya komitetlarining mas’ul kotibi, 1924 yili Buxoro qizil armiyasi shtabida siyosiy boshqarma boshlig‘i bо‘lib ishlagan. О‘zbekiston SSR tuzilgach, 1925 yili avval Zarafshon okrugi partiya komiteti mas’ul kotibi, sо‘ngra Zarafshon okrugi partiya komiteti targ‘ibot-tashviqot bо‘limi boshlig‘i, О‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti a’zosi. Rahmatulla Muzaffarov Zarafshon ishi va “о‘n sakkizlar” guruhi faoliyatida aktiv qatnashganligi uchun 1925 yil oxirida о‘z lavozimlaridan olib tashlangan. Keyinchalik turli vazifalarda ishlagan. 1936 yilda kommunistik partiya safidan о‘chirilgan.

О‘limi. Rahmatulla Muzaffarov 1937 yilda Toshkent shahrida qamoqqa olingan. U BXSRda faoliyat kо‘rsatgan 17 nafar milliy rahbar xodimlar  qatorida 1937 yil 14 oktabrda о‘lim jazosiga hukm qilingan. Rahmatulla Muzaffarov Toshkentda 1937 yil 25 oktabrda otib tashlangan.

 D.J.