Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Shahid Eson Musa o‘g‘li

(1884 - )

Bolaligi. Shohid Eson Musoyev 1884 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Jadidchilik harakatining faol a’zosi, о‘qituvchi.

Ma’lumoti. Eski maktab va madrasada ta’lim olgan. Oliy ta’limni davom ettirish maqsadida 1917 – 1922 yillari Turkiyada bо‘lib, Istanbul universitetining pedagogika fakultetini tamomlagan.

Faoliyati. Madrasani tamomlagach, Munavvarqori Abdurashidxonovning rahbarligi ostida uning ibtidoiy maktabida dars bera boshlaydi. Istanbuldan qaytgach, Toshkent viloyati о‘qituvchilar bilim yurtida ishlab, “Kо‘mak” va “Nashri maorif” tashkilotlari tadbirlarida faol ishtirok etgan. 1926 yildan “Navoiy” maktabida dars bera boshlagan.

Sovet matbuotida uni millatchilikda ayblab, bir nechta maqolalar bosilgach, о‘qituvchilik faoliyatini tо‘xtatib, Toshkent shahar kutubxonasida ishlay boshlagan.

О‘limi. 1928 yil 12 noyabrda “Milliy ittihod” tashkiloti a’zosi sifatida qamoqqa olingan. Keyingi qismati ma’lum emas.

D.J.