Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Said G‘afuriy

(1900 - )

Bolaligi. Said G‘afuriy 1900 yili Toshkent shahri Kо‘kcha dahasidagi “Ikkinchi Langar” mahallasida tug‘ilgan. Otasi savdogar, onasi eski usul maktabida qiz bolalarga muallimalik qilgan. Turkistondagi jadidchilik harakatining a’zosi.

Ma’lumoti. Said G‘afuriy 5 yil eski usul maktabida о‘qigan, sо‘ngra madrasada tahsil olgan. 1918 yilga qadar akasi Abdulla G‘afuriyga savdo ishlarida yordam bergan. Shu yili Xadrada ochilgan muallimlar kursiga о‘qishga kirgan va 8 oy tahsil olgan.

Faoliyati. О‘qishni tamomlagach, о‘qituvchilik qila boshlagan. Bu paytda diniy qadriyatlarga sodiq bо‘lgan Said G‘afuriy har qanday taraqqiyparvar g‘oyalarga qarshi chiqqan. Sovet hokimiyatiga qarshi tuzilgan “Temur” uyushmasiga a’zo bо‘lgach, diniy ruhi milliy ruhga aylangan. “Temur” uyushmasi tomonidan tashkil qilingan yig‘inda mustaqil Turkiston davlati tuzish hamda uning uchun malakali ishchi kadrlar tayyorlash masalasi muhokama qilingan.

О‘limi. 1929 yili sovet hokimiyatiga qarshi targ‘ibot ishlari olib borganlikda, taraqqiyparvarlarning “Temur” tо‘dasi a’zosi bо‘lganlikda ayblanib qamoqqa olingan. Keyingi taqdiri noma’lum.

D.J.