Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Sayid Ahmad Naziriy (Nazirov)

(1904 - )

Bolaligi. Sayid Ahmad Naziriy (Nazirov) 1904 yil Toshkentning Zanjirli mahallasida tavallud topgan.

Ma’lumoti. Said Ahmad Munavvar qori Abdurashidxonovning “Namuna” maktabining eng iqtidorli о‘quvchilaridan biri bо‘lgan. U maktabni bitirgach, akasi jadid tarakqiyparvarlarining faollaridan Otaxon Nazirovning savdo dо‘konlarini yuritish uchun Andijonga yuboriladi. U 1916-1917 yillarda “SHо‘roi islom”ning Andijon bо‘limiga qarashli “Umid” kutubxonasida ishlagan. Bir muddat Qо‘qonda о‘qituvchilik ham qiladi. Sayid Ahmad Naziriy 1918 yil Toshkentda Sayid Ahroriy rahbarligidagi “Izchilar” tо‘dasi tomonidan ochilgan muallimlar kursida о‘qiydi. 1921 yil Toshkent ishchi fakultetiga kirdi. Ayni paytda Usmonxon Eshonxо‘jayev rahbarligidagi faol yoshlar guruhida sovetlarning “qizil imperiya”cha siyosatiga, paxta yakkahokimligiga qarshi chiqadi va kadrlarni mahalliylashtirish masalasini ilgari suradilar.

Faoliyati. Said Ahmad Naziriy “Armug‘on” jurnaliga muharrirlik qilgan. 1922 yil “Kо‘mak” uyushmasining eng faol tashabbuskorlaridan Said Ahmad Naziriy Qо‘qonda bо‘lib, “Kо‘mak” uyushmasi foydasiga pul yig‘ishda ishtirok etadi. Sentabr oyiga kelib, boshqa yoshlar qatori о‘zi ham Lenigraddagi Zinovev nomidagi komuniversitetda о‘qishni boshlaydi. Biroq, kо‘p о‘tmay diplomat bо‘lish niyatida о‘qishni Leningrad Sharq tillari institutida davom ettiradi. U 1924 yil tahsilni yakunlab, О‘zbekistonga keladi. Said Ahmad avvaliga Maorif xalq komissarligi huzurida Elbek rahbarlik qilayotgan bilim kengashida kotib bо‘lib ish boshlaydi.  О‘ta shijoatli Said Ahmad Maorif xalq komissari Rahim Inog‘omov tomonidan kollegiya a’zoligiga qabul qilinadi va 1927 yilgacha О‘zbekiston davlat nashriyotiga raislik qiladi. U о‘z atrofiga Fitrat, Elbek, Sanjar Siddiq, Qayum Ramazon, CHо‘lpon, Abdulla Qodiriy, Shorasul Zunnun, Bо‘lot Soliyev kabi yetuk mutaxassislarni jamlangan edi. Shu yillarda CHо‘lponning “Yorqinoy”, “Tong sirlari”, “Buloqlar” kabi she’riy tо‘plamlari, Fitrat, Elbek, A.Qodiriy kabi milliy ziyolilarimizning qator asarlari katta nusxada chop etiladi. U rahbarlik qilgan vaqtni “О‘zdavnashr”ning “oltin davri” deyishar edi. Said Ahmad Naziriy “Inqilob”, “Maorif va о‘qitg‘uvchi” jurnallarining tahrir hay’atida bо‘ldi, “Qizil qalam” uyushmasiga kirib, unga Fitrat, Elbek, CHо‘lponlarni jalb etdi. Biroq, uning avji faoliyati “qizil mustamlakachi”larning maqsadiga mos kelmas edi. Said Ahmad Naziriy SredAzbyuro rahbariyati tomonidan “О‘zdavnashr” raisligidan ishdan olinib, Moskvadagi Plexanov institutiga о‘qishga yuboriladi. 1928 yil uning Moskvaga kelishi bilan о‘zbek talabalarining ilmiy tо‘garaklari yana rivoj topadi. Said Ahmad Nazirov barcha о‘zbek talabalarni uyushtirib о‘z yо‘liga soladi.

О‘limi. 1929 yili Said Ahmad Nazirov Moskva tekstil institutining muhandis-iqtisodchi fakultetining 4-bosqichini tugatish arafasida Moskva shahri, Bolshoy Patriotskiy pereulok, 4-uy, 15 xonadondan qamoqqa olingan. Keyingi taqdiri noma’lum.

D.J.