Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Shamsiddin Ibrohim o‘g‘li

(1893 - 1918)

Bolaligi. U 1893 yil Samarqandda “Xо‘ja nisbatdor” mahallasida tavallud topgan. Otasi Mulla Ibrohim edi.

Ma’lumoti. Dastlab otasining tashabbusi bilan 5 yoshida mahallasidagi maktabda ta’lim ola boshlaydi. Besh yil davomida boshlang‘ich ta’lim va diniy ilmlarni о‘rganadi. Samarqandda 1901 yilda “Rajab Amin” qishlog‘ida Abdulqodir Shakuri tomonidan yangi usul maktabi ochilgach ushbu maktablar soni kо‘paya boshlaydi. Ana shu kezlarda “Xо‘ja nisbatdor” mahallasida Hoji Muin tarafidan yangi usul maktabi ochilib yoshlarga ta’lim beradi. Shamsiddin Ibrohim о‘g‘li keyingi ta’limini Hoji Muinning maktabida davom ettiradi va 2 yil davomida ushbu maktabda tahsil oladi. Sо‘ngra “Shakuriy” maktabida о‘qib, sо‘nggi sinfida ruscha darslarni о‘rgangan. U о‘z bilimini oshirish uchun Istanbulga bormoqchi bо‘lgan, biroq iqtisodiy ahvoli sabab bu niyati amalga oshmay qoladi. Shunga qaramay Samarqand shahar maktabi (Gorodskoy uchilish)ga kirib о‘z bilmini oshiradi. U forscha, turkcha va rus tillarini yaxshi bilgan.

Mehnat faoliyati. Uchilishini tamomlagach bir muddat turmush tirikchiligi bilan turli yumushlarni bajaradi. Otasiga yordam beradi. 1917 yildan Samarqandda tashkil etilgan musulmon ishchilarining “Ittifoq” jamiyatiga kirib о‘z faoliyatini davom ettiradi. Uning faol vakili sifatida Samarqandda tashkil etilgan askar, ishchi va dehqon shо‘rosi yig‘ilishlarida ishtirok etgan. U 1917 yilda Qо‘qonda bо‘lgan musulmonlarning 4 qurultoyiga Samarqand musulmon ishchilar jamiyati tomonidan vakil bо‘lib ishtirok etgan. Yig‘inlarda erkin fikrlashi va notiqligi bilan xalq e’tiboriga tushgan.

О‘limi. 1918 yil 5 yanvarda Samarqand shahridan 2-3 chaqirim uzoqlikdagi Mulyon mavzeyida 25 yoshida bо‘g‘ib о‘ldirilgan.

A.Y.