Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Sаttor Xoʼjаyev

(1897 - 1937)

Bolaligi. 1897 yili Buxoro shahrida yirik savdogar oilasida tug‘ilgan. Yosh buxoroliklar harakatining faol a’zosi. Davlat va jamoat arbobi.

Faoliyati. BXSR tashkil topgach, 1922 yili Qarshi ijroiya qо‘mitasi raisi, 1923 yili Moliya nozirining о‘rinbosari va noziri hamda boshqa lavozimlarda ishlagan. Aynan о‘sha yillarda Sattor Xо‘jayev Buxorodagi “Milliy Ittihod” tashkilotida faol qatnashgan. Keyinchalik “Uzbekzagotpushnina” tashkilotida direktor о‘rinbosari etib tayinlangan va bu lavozimda 1937 yil martgacha ishlagan.

О‘limi. Sattor Xо‘jayev Toshkentda 1937 yil 17 martda qamoqqa olingan va BXSRning sobiq rahbarlari (17 kishi) qatorida u ham 1937 yil 14 oktabrda о‘lim jazosiga hukm qilingan. Sattor Xо‘jayev 1937 yil 25 oktabrda Toshkentda otib tashlangan.

D.J.