Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Shokir Muxtorov

(1880 - 1920)

Bolaligi. Zamondoshlarining guvohlik berishicha 1920 yilda taqriban 40 yoshlarida vafot etganligi hisobga olinsa, 1880 yillarda tug‘ilgan. O‘zining maqolalarida “biz tatarlar” deb yozishicha, millati tatar bo‘lgan.

Mehnat faoliyati. 15 yil taʼlim va tarbiya ishlari bilan shug‘ullangan. 1906 yil Farg‘onaga ko‘chib kelib Isfara guzarida maktab ochib, 40 ta o‘quvchiga dars bergan. 1917 yil fevral inqilobidan keyin oilasi bilan Samarqandga ko‘chib kelgan va “Mehnatkashlar tovushi” gazetasida 10 oy davomida ishlagan. Samarqandda ochilgan doralmualimin va turli muallimlar kurslarida dars bergan. 

Ilmiy-adabiy merosi. “Kim qozi bo‘lsun” asari, 1910 yillar, “Susializm nimadir?”, “Er haqida ikki turli fikr” “Turk tilining usuli taʼlimi” risolalari 1917-1918 yillarda.

Maqolalari:

“Feleton: Yana to‘y masalasi” Sadoyi Farg‘ona gazetasi 1914 yil 8 iyun 27-son.

“Islohni nimadan boshlorg‘a”  Sadoyi Farg‘ona gazetasi 1914 yil 3 aprel  1-son.

“Mafiy isloh al-isloh” Sadoyi Farg‘ona gazetasi 1914 yil 23 aprel 7-son.

“Chin musulmon: yoki ahil irfon bo‘laylik!” “Yurt” jurnali, 1919 yil 1-son. 11 – 12-betlar

Oilasi. Farzandlari:

O‘g‘illari: Midhat va Talʼat

Qizlari; Foiza va Noila.

Hoji Muin 1922 yilda Shokir Muxtorov haqida yozgan maqolasida “Midhat 16 yoshlarda bo‘lib, ilgari Samarqand dorilmualiminida, hozirda ziroat maktabida o‘qimoqdadir” deya qayd etgan.

O‘limi. 1920 yilda sil kasali bilan kasallanadi. Shu yilning yoz faslida qimiz bilan davolanish uchun Jizzaxga keladi va shu еrda kasalxonada vafot etadi.

(G. A.)