Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Tangriqul Maqsudiy

(1891 - )

Bolaligi. Tangriqul hoji Maqsudiy 1891 yili Toshkentda tug‘ilgan. Tangriqul 6 yoshida otasidan yetim qolib, tog‘asi Muxiddinxо‘ja Mirzayoqubov qо‘lida tarbiyalangan.

Ma’lumoti. Avval eski maktabda, sо‘ng Beglarbegi va Kо‘kaldosh madrasalarida tahsil olgan. U 1911 yil Afg‘oniston, Hindiston orqali hajga borib, qaytishda Hindiston oliy ta’lim dargohlaridan birida о‘qishni davom ettirmoqchi bо‘lgan. Biroq, uning iqtisodiy tomonini xal etish imkonini topolmay, Toshkentga qaytgan. Sodiq Abdusattorovning jadid maktabida, sо‘ng Munavvarqorining “Namuna” maktabida о‘qib, jadid tarakqiyparvarlari safiga kо‘shilgan.

Faoliyati. 1916 yili “Al-Isloh” jurnalidagi “Yevropalashuv kerak” degan maqolasi bilan kо‘pchilikning tiliga tushgan. Tangriqul hoji 1917 yildan Usmonxо‘ja Tо‘xtaxо‘jayev, Qayumxо‘ja Aliyevlar bilan “Ulug‘bek” maktabida dars bergan. Tangriqul hoji Maqsudov faqat о‘qituvchilik faoliyati bilan cheklanmagan. U vatanparvar inson sifatida Turkistonning xom ashyo bazasi bо‘lib qolayotganiga chiday olmaydi. Ayniqsa, 1925 yil muallimlar institutining umumta’lim kursida о‘qish jarayonida shо‘ro hukumatining О‘zbekistonda amalga oshirayotgan qizil mustamlakachilik siyosatiga qarshi keskin mulohazalarini ilgari suradi. Shu jarayonda Tangriqul hoji Maqsudiy ham sovet hukumati ma’murlarining “dushman”lari rо‘yxatidan joy oldi. Salimxon Tillaxonovning qayd etishicha, jadid taraqqiyparvarlari orasida Tangriqul hoji о‘zining har jihatdan komilligi bilan fakat Munavvarqoridan keyingi ikkinchi о‘rinda turar edi...

Ilmiy-adabiy merosi. Fitratning “Chig‘atoy gurungi”da ham faol ishtirok etib, kо‘plab she’rlar yozgan, “Eski maktab” nomli pyesasi ham bor.

О‘limi. Tangriqul hoji Maqsudov 1929 yil 6 koyabr kuni Shayxontoxur dahasi, Rais kо‘chasi 63-uydan qamoqqa olingan. Keyingi taqdiri noma’lum.

D.J.