Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Ubaydulla Sulaymonxo‘ja o‘g‘li

(1884 - 1937)

Аndijon shahrida kosib oilasida tug‘ilgan. Eski usuldagi maktabda savod chiqargan. Shuningdek, Аndijon rus-tuzem maktabini tugatgan. Ubaydulla Sulaymonxo‘ja o‘g‘li kasbi mirob bo‘lib, 1918-yilgacha mirobboshi bo‘lib ishlagan. 1929-yilgacha u kishi sovet maktablarida o‘zbek tilidan dars bergan. Ubaydulla Sulaymonxo‘ja o‘g‘li Аbdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponning til-adabiyot o‘qituvchisidir. Qamoqqa olingunga qadar tuman irrigatsiya bo‘limida faoliyat yuritgan. 1929-yil 7-noyabrda millatchilikda ayblanib, qamoqqa olingan va mehnat-tuzatish lagerlariga jo‘natilgan. Surgundan qaytib kelgach, 1937-yilda yana surgun qilingan. Keyingi taqdiri nomaʼlum.