Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Usmon Аmonov Qosimovich

(1910 - )

Bolaligi. Usmon Amonov 1910 yili Buxoroda tug‘ilgan. Yosh buxoroliklarning izdoshi.

Ma’lumoti. Usmon Amonov 1922 yil 11 yoshida Germaniyaga ketib, 1922 – 1925 yillar Kyosling gimnaziyasida о‘qigan. 1925 yil 15 yoshida Vatanga qaytarilgan. 1931 yil Toshkentda K.Marks nomidagi pedtexnikumni tugatgan.

Faoliyati. Usmon Amonov 1933 – 1938 yillar davomida о‘rta maktabda hamda Buxoro pedinstitutida nemis tilidan dars bergan.

О‘limi. Usmon Amonov 1938 yil 13 yanvarda qamalgan va 1940 yil 8 yilga mehnat tuzatish lageriga hukm etilgan. Jazo muddatini Magadan viloyatidagi Dalstroy lagerida о‘tab, 1946 yil ozod etilgan. Ammo, Buxoroga qaytishiga ruxsat berilmagani uchun Magadan viloyati, Dalniy Sever posyolkasida ishlagan va faqatgina 1957 yil Buxoroga kelgan. Vafoti sanasi bо‘yicha ma’lumot yо‘q.

D.J.