Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Usmonxo‘ja Eshonxo‘ja o‘g‘li

(1899 - 1938)

Bolaligi. Andijonlik siyosat va jamoat arbobi. U 1899 yil 14-oktabrda Andijonda tug‘ilgan. Otasi о‘z davrining ma’rifatli kishilaridan bо‘lgan.

Ma’lumoti. U 5 yoshdan maktabda, keyin madrasada о‘qigan. Shu bilan birga 1909 – 1913 yillari rus-tuzem maktabida ta’lim olgan. Sо‘ngra oliy boshlang‘ich bilim yurtini va erkaklar gimnaziyasini tamomlab, maktabda о‘qituvchilik qilgan. U arab va fors tillari qatori rus tilini ham yaxshi bilgan.

Faoliyati. Andijonda nashr etilgan rus tilidagi  “Turkestanskiy golos” gazetasida 1916 – 1917 yillari faoliyat olib borgan. Fevral voqealaridan sо‘ng ziyolilar bilan birgalikda yangi usuldagi maktablarni ochgan. “Turon” kutubxonasi va qiroatxonasini tashkil etishda faol qatnashgan. 1918 yil Farg‘ona vodiysidagi ocharchilikda “Qizil yarim oy” jamiyati raisi bо‘lgan. Uning faol harakati natijasida sovet hukumati 1919 yil oxiridan sovet idoralarida ishlay boshlagan. U 1920 yili Moskvaga chaqirilgan. Moskvadagi Kommunistik universitetda yо‘llanma asosida о‘qigan. Keyingi faoliyatini Tashqi ishlar komissarligida tarjimon, Xorazm va Buxoroda Shо‘rolar Jumhuriyatida sovet hokimiyatining favqulodda komissari, Turkiston Avtonom Respublikasi Maorif xalq komissarligi hay’at a’zosi, davlat ilmiy kengashi raisi lavozimlarida ishlagan. 1922 yil iyuldan Turkiston kompartiyasi Markaziy komiteti matbuot sektorini boshqargan. “Turkiston”, “Qizil bayroq” gazetalari, “Inqilob”, “Bilim о‘chog‘i” jurnallarida muharrirlik qilgan. Sо‘ng Termiz shahar xalq maorifi mudiri, Sirdaryo viloyati partiya komiteti mas’ul kotibi lavozimlarida ishlagan. 1924 yili О‘rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi о‘tkazishda qatnashgan. 1924  – 1925 yillarda О‘zbekiston SSR bо‘yicha RKP(b) MK targ‘ibot bо‘limi tashkiliy byurosining mudiri, “Qizil О‘zbekiston” gazetasi muharriri, 1925 yili О‘zbekiston SSR KP(b) Surxondaryo viloyati mas’ul kotibi lavozimlarida ishlagan. U 1925 – 1930 yillari Moskvada yashagan. Shu davrda Moskvadagi qizil professorlar institutida falsafa bо‘limini tugatgan va u yerda dars bergan. Moskvada о‘qiyotgan va ishlayotgan О‘zbekiston kommunistlari partiya tashkilotining kotibi bо‘lgan. 1934 yil aprel oyidan avgustigacha Qorachoy avtonom viloyatida VKP(b) viloyat komiteti 1-sekretari, sо‘ngra 1937 yil avgustigacha Qozon temir yо‘li siyosiy bо‘lim partiya kurslari mudiri lavozimlarida ishlagan.

О‘limi.  Usmonxon Eshonxо‘jayev 1937 yil 15-avgustda Qozon shahrida Ichki Ishlar Xalq Komissarligi tomonidan hibsga olinib, 1938 yil 4-oktabrda Toshkentda SSSR Oliy Sudi Harbiy kollegiyasi sayyor hay’ati tomonidan otuvga hukm qilingan.

A.Y