Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Xolid Said

(1888 - 1937)

Bolaligi. Xolid Sa’id Xо‘jayev 1888 yili Toshkent muzofoti Bо‘stonliq bulisi (volost) Qо‘shqо‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan. Oilada besh farzand bо‘lib, ular Solixxо‘ja, Xolixо‘ja, Ahmadxо‘ja, Sultonxо‘ja va Xolxо‘ja. Xolid Sa’idning asl ismi Xolxо‘ja bо‘lgan keyinchalik Xolidga aylanib ketgan.

Ma’lumoti. Boshlang‘ich ta’limni qishlog‘idagi maktabda olgan. Sо‘ng Toshkentdagi “Beklarbegi” madrasasida tahsil olgan. Toshkentdagi yangi usul maktablarida 1914 yilgacha muallimlik qilgan va jadid matbuoti (“Sadoi Turkiston”, “Sadoi Farg‘ona”)da she’r va maqolalari bilan ishtirok etgan. “Hayoliy” va “Sayyoh darvesh” taxalluslari bilan maqola va she’rlar yozgan. 1914–1918 yillarda Turkiyada tahsil olgan. U Istanbul universitetining “tarix va filologiya” fakultetida ta’lim olgan. 1918–1920 yillarda Ozarbayjonning Ganji shahrida yashab, о‘sha yerdagi muallimlar seminariyasi va о‘g‘il bolalar gimnaziyasida ta’lim bergan. Uning bu о‘lkaga kelishi Usmonli davlati tomonidan yangi tashkil etilgan Ozarbayjon Xalq Respublikasiga yordam berish uchun tuzilgan “Kavkaz islom armiyasi” bilan bog‘liq edi.

1920 yil 28 aprelda bolsheviklar tomonidan Ozarbayjonning egallanishi hamda shu yil 28 mayda Ganja shahrida boshlangan bolsheviklarga qarshi qо‘zg‘olon tufayli u Turkistonga keladi. Chunki sovet hukumati tomonidan qо‘zg‘olonni bostirish, aholini ayovsiz jazolanishi jarayonida Ozarbayjon milliy hukumatini himoya qilib chiqqan har qanday millatparvar chetda qolmasligi aniq edi. U Toshkentga qaytgach 1920 yil sentabrdan Oliy pedagogika bilim yurtida muallim sо‘ng esa mudir lavozimida ishlaydi. U Turkistonda 1922 yilgacha ilmiy-pedagogik faoliyatini olib bordi. Sо‘ng yana Bokuga qaytadi. Dastlab Balaxani tumanidagi ishchi fakultetida, sо‘ng tog‘li hudud bо‘lgan Gusar tumanidagi pedagogika kursida о‘quvchilarga ta’lim berdi. 1924–1926 yillarda Bokuga ta’lim olish uchun borgan о‘zbek yoshlarining yotoqli maktabida, О‘zbekiston Konsul mehmonxonasida mudir lavozimlarida ishlagan. Ammo talabalar orasida aksilinqilobiy va millatchilik targ‘ibotini olib borganlikda ayblanib ishdan chetlatilgan. U doimo talabalarning vatanparvarlik, milliy ongini shakllanishiga katta e’tibor bergan. Xolid Sa’id ilmiy-pedagogik faoliyati bilan birga Ozarbayjonda ijtimoiy-madaniy jarayonlarda ham faol ishtirok etdi. U lotin alifbosiga о‘tish bо‘yicha 1922 yildagi Boku konferensiyasida tuzilgan “Yangi alifbo qо‘mitasi” ishlarida qatnashdi. Qо‘mita a’zolari (S. Ag‘amali о‘g‘li, J. Mammatqulizoda, V. Xulufli) bilan birga yagona lotin alifbosiga о‘tishni ta’minlash maqsadida 1924 yil 7 sentabrdan 10 oktabrgacha poyezdda sovet hukumatidagi turkiy xalqlar yashovchi о‘lkalarni aylanib chiqdi. Bokuda 1926 yil 26 fevral – 6 martda о‘tkazilgan birinchi turkologiya qurultoyiga maxsus taklif qilinib, muzokaralar jarayonida ishtirok etgan.

1926-1934 yillar davomida Ozarbayjon oliy pedagogika institutida, Ozarbayjon Davlat universitetida, Ozarbayjon ilmiy-tadqiqot institutida, Samed Og‘amali о‘g‘li nomidagi Tuproq texnikumi hamda Gidrotexnikumda о‘z faoliyatini olib bordi. 1934 yildan keyingi faoliyati qamoqqa olinguniga qadar SSSR Fanlar akademiyasining Ozarbayjondagi filiali “Tilshunoslik” bо‘limida ilmiy xodimlikda о‘tdi. U amal va mansab ortidan quvmagan, ilm-fan taraqqiyoti yо‘lida xizmat qilgan ma’rifatparvar edi. Shu bois ham Ozarbayjonning taniqli ma’rifatparvarlaridan biri Bakir CHо‘ponzodaning tavsiyasi bilan Xolid Sa’id 1935 yilda ilmiy asarlari va maqolalari bilan fan nomzodi darajasi hamda dotsentlik unvoniga munosib topilgan.

Ilmiy-adabiy merosi. U о‘zining 1924 yilgi sayohat xotiralarini “Yangi alifbo yо‘lida eski xotira va tuyg‘ularim” (Boku. 1929) nomli asarini yaratadi. Shuningdek, Xolid Sa’id til-imlo va tarixga oid bir qator  asarlar hamda darsliklar yozdi. Uning “Usmonli, о‘zbek, qozoq tillarining qiyosiy sintaksisi” (Boku. 1926.), “Yangi alifbo yо‘llarida eski xotira va tuyg‘ularim” (Boku. 1929.), “Muxtasar uslubiyot” (A. Tag‘izoda bilan hammualliflikda Boku. 1933,1934), “Ozarbayjon maktablari uchun rus tili” (Boku. 1934.), Devoni lug‘atit turk (tarjima yо‘qolgan), “Chig‘atoy adabiyotidan muhoziralar”, “Turkiston tarixining qisqa tarixi”, “Turk adabiyoti nazariyasi”, “Eron tillarining grammatikasi”, “Urxun obidalarining tarjimasi” asarlari shular jumlasidan. Xolid Said 1928-1929 yillarda Abdulla Qodiriyning “О‘tgan kunlar” romanini ozarbayjon turkchasiga tarjima qilgan.

Oilasi. Xolid Sa’id 1924 yil Ozarbayjonda Sora Rizo qizi bilan oila qurgan. Ularning Boxija Xо‘jayeva (Mamedova) ismli qizlari bо‘lgan.

О‘limi: Xolid Sa’idni 1937 yil 3 iyunda “millatchilik” (panturkist), “josuslik”da ayblanib hibsga olingan. 1937 yilnig 12 oktabrida Bokuda otib tashlangan. Ayoli Sora Rizo qizi ham hibs etilib, tergovga tortilgan. Unga nisbatan surgun jazosi qо‘llanilib, 14 yil davomida Sibirdagi mehnat jamlog‘ida umrini о‘tkazgan. Sora Rizo qizi 1955 yil 16 aprelda surgundan qaytishga muvaffaq bо‘lgan. Ammo jismoniy va ruhiy azoblar bois surgundan qaytgach uzoq yashamay vafot etadi.

A.Y.