Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Hikmatlar

  • Bir necha ming sanadan beri forsiy va arab tili va madaniyati va saltanati ta’siri ostida qolgan turkiyni yana bir necha ming sanada bularni ta’siridan chiqarmoq nari tursun, balki ma’nan va moddatan va fannan mahkum millatlarni tili bo‘lgan tilimizg‘a yana taraqqiy etgan millatlarni lug‘atlari hujum etar. — Mahmudxo‘ja Behbudiy.


  • Ikki emas, to‘rt til lozim. — Mahmudxo‘ja Behbudiy.


  • Turk tili dunyoning eng baxtsiz tilidir. Turkchaning baxtsizlig‘i arab bosquni bilan boshlanmishdir. Arablar bosdiqlari o‘lkaga yolg‘uz hukumatlarini emas, dinlarini, yo‘sunlarinida tanitg‘an edilar. Musulmonliqning tubi, tomuri Qur’on bilan hadisdadir. Shuning uchun yangi musulmonlar arabcha o‘rganishni o‘zlariga “vojib” deb bildilar, o‘qudilar, o‘rgandilar, sevdilar. Bundan keyin forscha va turkcha arabcha bo‘g‘ovig‘a kirib qoldilar. — Fitrat.


  • So‘z so‘ylashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak. Tuzilgan jumlani yozuvchining o‘zigina tushunib, boshqalarning tushunmasligi katta ayb. Asli yozuvchilik aytmoqchi bo‘lgan fikrni hammaga barobar anglata bilishda, oraga anglashilmovchilik solmaslikdadir. — Abdulla Qodiriy.


  • Hozirda bizlar uchun eng muhim masalalardan biri, shubhasiz, til masalasidir. Biz Turkiston turklari ona tilimiz bo‘lg‘on turkiy til bilan birga yasharg‘a va turkiy tilimizni o‘z hayotimiz va o‘z huquqimiz bilan barobar muhofaza etarga tevishmiz. — Hoji Muin.


  • Bir xalq ichida maorif tarqatish xalqning o‘z ona tili bilan bo‘ladur, biz ham xalqimizni oqartish uchun o‘zbek tiliga ahamiyat bersak lozimdur. Ya’ni o‘zbekcha tilni o‘zbeklar anglarliq bir holga qo‘yishimiz kerakdir. — Hoji Muin.


  • Ilm-fan, davlat, til, qonun – bularsiz hech bir millatning istiqboli yo‘q. Bu to‘rt narsani qo‘lga kiritmagan millat halokatga mahkumdir. — Ibrat.


  • Qachonki bir millat tilini yo‘qotsa, ul vaqt dinini va millatini ham yo‘qotur. Ashurali Zohiriy. — Ashurali Zohiriy.


  • Ona tilig‘a muhabbati bor kishi ham Alisher Navoiy asarlarini o‘qub ko‘rganda tilimiz avvalda shuncha boy va mukammal ekan, nima qildikki ul latofat, ul nafosatlarini yo‘qotib kishi tanimaydurg‘on bir holg‘a kelturub qo‘yduk deb ohlar tortur. — Ashurali Zohiriy.


  • Durust forsiycha, arabcha, uruscha va boshqalarni ham bilaylik, bilaylikgina emas juda yaxshi bilaylik, lekin o‘z ona tilimizni hammasidan ortuq va ziyodaroq bilaylik. — Ashurali Zohiriy.


  • Qachonki o'z tilimizni yaxshilab bilmadikmu, boshqa tilni albatta durust bilmaymiz. Shuning birla na oni bilurmiz va buni. — Ashurali Zohiriy.


  • Har bir millat o‘z ona tili va adabiyotining saqlanmagani “hifzi lison” deb ataydi. Chunki har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurg‘on Oynai hayoti tili va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak, millatni ruhini yo‘qotmakdur. — Abdullo Avloniy.


  • So‘z insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini o‘lchab ko‘rsatadigon tarozusidir. — Abdulla Avloniy.


  • Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurgon oynayi hayoti til va adabiyotidur. — Abdulla Avloniy.


  • Tillarning eng yaxshisi so‘zga usta til, so‘zlarning eng yaxshisi bilub va oxirini o‘ylab so‘ylangan so‘zdur. — Abdulla Avloniy.