Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda
"Jadidlar: milliy oʻzlik, istiqlol va davlatchilik gʻoyalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy yigʻin.

"Jadidlar: milliy oʻzlik, istiqlol va davlatchilik gʻoyalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy yigʻin.

14.12.2023

Yurtimizda 12-13 dekabr kunlari Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Fanlar akademiyasi Tarix Instituti, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligida "Jadidlar: milliy oʻzlik, istiqlol va davlatchilik gʻoyalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy yigʻin boʻlib o'tdi.

Tantanali ochilish marosimida Prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov soʻzga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning konferensiya ishtirokchilariga yoʻllagan murojatini oʻqib eshittirdi. Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva soʻzga chiqib, Jadidlar boshlab bergan islohotlarni davom ettirish haqida fikr bildirdi.

Mazkur xalqaro ilmiy yigʻinda Tarix instituti direktori, professor Azamat Ziyo ham soʻzga chiqib, bugungi kunda jahon miqyosida tan olinayotgan jadidchilik tarixiy harakati haqida ilmiy fikrlarini bildirib, mazkur xalqaro ilmiy yigʻinlarning bardavom boʻlishligi haqidagi fikr va takliflarini bildirib oʻtdi.