Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda
Munavvar qori Abdurashidxon o'g'li: milliy taraqqiyot va davlatchilikdagi oʻrni hamda xizmatlari

Munavvar qori Abdurashidxon o'g'li: milliy taraqqiyot va davlatchilikdagi oʻrni hamda xizmatlari

25.12.2023

5-dekabr kuni Tarix instituti, "Turon" axborot-kutubxona markazi va Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlikda "Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li: milliy taraqqiyot va davlatchilikdagi o‘rni hamda xizmatlari" mavzusidagi umummilliy ilmiy yig‘ini bo‘lib o‘tdi.

Yig‘in yuzochdisida, Tarix instituti direktori Azamat Ziyo so‘zga chiqib, mustaqil davlat tuzish siyosiy harakatining bosh namoyondasi Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘lining jadidchilik harakatlarida tutgan o‘rni va islohotlari haqida fikr bildirdi. Shundan so‘ng, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori Hilola Nazirova va ijod maktabi o‘quvchilari Munavvar qori Abdurashidxonovning maorif va siyosatga doir yozib qoldirgan so‘zlaridan iqtiboslar keltirib, she’rlaridan namunalar keltirdi.
Umummilliy ilmiy yig‘inning ma’ruzalar qismida Tarix instituti bosh ilmiy xodimi, professor Kahramon Rajabov "Munavvar qori Abdurashidxonov va Turkiston jadidchiligi" mavzusida, Tarix instituti bosh ilmiy xodimi, Tarix fanlari doktori Muhayyo Isoqova "Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li - ma’rifatparvar ulamo" mavzusida, Tarix instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Dilnoza Jamolova "Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘lining ilmiy merosi" mavzusida, Odil Zaripov "Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li va milliy matbuot" mavzusida, Mashhura Mashxura Darmonova "Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘lining qatag‘on qilinishi" mavzusida, Gulmira Ochilova "Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘lining FA Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan asarlari" mavzusida va Abduvali Yuldashev "Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li va Turkiston yoshlari" mavzusida ilmiy ma’ruzalar qildilar.

Ilmiy yig‘inda qatnashgan chet ellik tadqiqotchi olimlar ham so‘zga chiqib ushbu tadbir to‘g‘risida o‘zlarning iliq firklarini bildirib o‘tdilar. Mazkur ilmiy yig‘inda buyuk shoirimiz, Abdulla Oripovning qizi Shoira Oripova ham qatnashib, Abdulla Oripovning jadidlar, xususan Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li haqidagi fikrlarini bildirib, ularga bag‘ishlangan she’rlaridan namunalar keltirdi. Shundan so‘ng, Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li xotirasiga bag‘ishlab Qur’on tilovat qilinib, ehson oshi tarqatildi. 

Tarix instituti kichik ilmiy xodimi,
Zavqibek Mahmudov.