Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda
"Xotira yoʻlagi: Tun, tush, tong"

"Xotira yoʻlagi: Tun, tush, tong"

26.03.2024

Kuni kecha Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Fanlar akademiyasi Tarix Instituti, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va Milliy bank hamkorligida O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida Turkistondagi jadidchilik harakatiga bag‘ishlangan "Xotira yo‘lagi: Tun, tush, tong" mavzusidagi ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur ko‘rgazmaning ochilish marosimida Tarix instituti xodimlari ham mezbon sifatida qatnashdi.    Eslatib o‘tamiz, mazkur ko‘rgazma 18-yanvardan 18-fevralga qadar davom etadi. Ushbu ko‘rgazmaga Jadidlar va jadidchilik tarixiga qiziqadigan barchani taklif qilib qolamiz! Batafsil tanishish uchun bu yerga bosing.

Tarix instituti kichik ilmiy xodimi
Zavqibek Mahmudov