Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Jadidlar.uz elektron platformasidan foydalanish uchun qo‘llanma

Bosh sahifa

         Bosh sahifa bir nechta bo'laklardan iborat:

         Birinchi bo'lak, sandiqlar qatori joylashgan bo‘lib unda: “Jadidlar”, “Til va imlo”, “Manbalar”, “Izlanishlar”, “Turkiston muxtoriyati”, “Voqealar”, “Foydalanuvchiga”,  “Biz haqimizda” deb nomlangan sandiqlar hamda “qidiruv” va “tilni ozgartirish” amali o‘rin olgan.

         Ikkinchi bo'lak, elektron platfotmaning bosh sahifasida jadidlarning rasmi joylashgan slayder joylashgan. Unda:

         Jadidlarga tegishli hikmatli so‘zlar,
         Batafsil tugmasini bosish orqali ma’lumotni to‘liq olish imkoniyati,
         O‘ng va chapga yo‘naltirish tugmalari orqali oldingi yoki keyingi namoyishga o‘tish imkoniyatlari berilgan.

         Uchinchi bo'lak, bu yerda jadidlar hayoti, faoliyatiga oid so‘nggi tadqiqotlar anonsi berilgan bo‘lib, “Batafsil”  tugmasini bosish orqali yangilik haqida to‘liq ma’lumot olish mumkin.

         To‘rtinchi bo'lak, bunda jadidlar haqida ma’lumotlar berilgan.

         Beshinchi bo'lak, bu joyda til va imlo haqida aniqlangan yangi materiallar, arxiv hujjatlari qo‘yib boriladi.

         Oltinchi bo'lak, “Ko‘ring-eshiting-o‘qing” qismi bo‘lib jadidlar va jadidchilik haqidagi ko‘ruv, rasm va eshituv materiallari joylangan.

         Yettinchi bo'lak, bu bo'lak “Foydali havolalar” deb nomlanib unda yuqori tashkilotlar va boshqa loyihalarning rasmiy saytiga havolalar berilgan.

         Sakkizinchi bo'lak, bosh sahifadagi oxirgi bo'lak bo‘lib, sayt haqida ma’lumotlar hamda biz bilan bog‘lanish uchun elektron pochta va telefon raqamlar joylangan.         Bosh sahifaning asosiy vazifasi saytga yuklangan eng so‘nggi ma’lumotlarni foydalanuvchi saytga kirgani zahoti tanishtirib borishdan iboratdir.

       

Jadidlar sandig‘i

         Bosh sahifaning sandiqlar qatoridan “Jadidlar” sandig‘ini bosganimizda qidiruv bo‘limi undan pastda saytga yuklangan barcha jadidlarning dastlabgi ma’lumoti va rasmli ro‘yxati chiqib keladi. Quyiroqda esa oldingi va keyingi hamda istalgan sahifaga o‘tish imkoniyati mavjud.

         Istalgan jadidning rasmi yoki ismining ustiga bosganimizda yangi oyina ochiladi. Unda qidiruv maydoni va quyida jadidning o‘ziga tegishli Tarjimayi holi, Asarlari, Maqolalari, Sherlari, Estaliklar va Hikmatli so‘zlar deb nomlangan yangi bo‘limlar paydo bo‘ladi. 

         Mazkur sandiqni eng ahamiyatli jihati har bir jadidning o‘ziga tegishli ma’lumotlar alohida tarzda berilgan bo‘lib, asarlari va maqolalarining joriy imloga o‘tkazilgan shaklida yuklangan.

Til va imlo sandig‘i

         Bosh sahifada sandiqlar qatorida “Til va imlo” sandig‘ini bosganimizda Til va imloga oid “Asarlar”, “Maqolalar” va “Hikmatlar” bo‘limlari paydo bo‘ladi. Ular bilan ishlash yuqorida ko‘rsatilgan “Jadidlar” sandig‘i bilan bir xil. “Til va imlo” sandig‘ida jadidlar tomonidan e’lon qilingan til va imloga oid asarlar va maqolalar eski o‘zbek yozuvidan joriy imloga o‘tkazilib saytga yuklangan.

Manbalar sandig‘i

         Bosh sahifadagi sandiqlar qatoridan “Manbalar” sandig‘ini bosganimizda “Arxiv hujjatlari”, "Matbuot" “Suratlar”, “Ko‘ruvlar” va “Eshituvlar” deb nomlangan bo‘limlar paydo bo‘ladi.         “Arxiv hujjatlari” bo‘limida jadidchilikga oid arxiv hujjatlarining pdf shaklida joylangan ro‘yxati va skaner qilingan shakli chiqib keladi. "Matbuot" bo'limi ham o'z ichida bir necha sohalarga bo'lingan bo'lib ularda asosan matbuotda e'lon qilingan va joriy imloga o'tkazilgan maqolalar yuklangan.  “Suratlar” bo‘limida jadidlar va ularning faoliyatiga oid rasmlar joylangan. Har bir rasm ustiga bosilganda galereya tarzida alohida oyina ochilib suratlar ketma-ketlikda namoyish etiladi. “Ko‘ruvlar” sandig‘ida jadidlar va ularning faoliyatiga oid videolar (youtube ijtimoiy tarmog‘idagi videolar ham) joylangan. “Eshituvlar” sandig‘ida esa jadidlar faoliyatiga bag‘ishlangan radioeshittirishlar va boshqa ovozli materiallar yuklangan. Bu sandiq ichidagi ma’lumotlarni yuklamasdan onlayn ko‘rish, o‘qish, va eshitish imkoniyati mavjud.     

Izlanishlar sandig‘i

         Bu sandiqda “Asarlar”, “Maqolalar”, “Dissertatsiyalar” va “Xotiralar” bo‘limlari paydo bo‘ladi va ular bilan ishlash yuqorida qayt etib o‘tilgan “Jadidlar” sandig‘i bilan bir xil. Bu sandiqda keyingi yillarda jadidchilik faoliyati haqida qilingan tadqiqotlarning natijalari asarlar, maqolalar va dissertatsiyalar shaklida yuklangan.  

Turkiston muxtoriyati  sandig‘i

         Bosh sahifadagi sandiqlar qatoridan “Turkiston muxtoriyati” sandig‘ini bosganimizda “Asarlar”, “Maqolalar”, “She’rlar” va “Xotiralar” bo‘limlari paydo bo‘ladi va ular bilan ishlar yuqorida qayd etib o‘tilgan “Jadidlar” bo‘limi bilan bir xil. “Turkiston muxtoriyati” sandig‘ida keyingi davrda Turkiston muxtoriyatiga tegishli tadqiqotlar bilan birgalikda XX asr boshlarida nashr etilgan gazeta va jurnallarda e’lon qilingan maqolalarning joriy imlodagi shakli yuklangan.

Voqealar  sandig‘i

         “Voqealar” sandig‘ida “Yangiliklar”, “Yig‘inlar” va “Seminarlar” bo‘limlari paydo bo‘ladi. “Yangiliklar” bo‘limida jadidchilikga oid so‘nggi yangiliklar berib boriladi va “Batafsil” tugmasini bosish orqali to‘liq ma’lumot olinadi. “Yig‘inlar” va “Seminarlar” sandiqlarida ishlash ham ushbu bo‘lim bilan bir xil hisoblanadi.

Foydalanuvchiga  sandig‘i

         Mazkur sandiqda saytdan foydalanish tartibi va barcha bo‘limlar haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.

Biz haqimizda  sandig‘i

         Bosh sahifadagi “Biz haqimizda” sandig‘ini bosish orqali saytni yaratilishidan maqsad va g‘oyalar hamda sayt yaratuvchilarining ma’lumotlari berilgan.

         Eslatma: Sayt va undagi ma’lumotlar mualliflik huquqi bilan himoya qilingan bo‘lib, undan foydalanishda mualliflik huquqi qoidalarining buzulishiga yo‘l qo‘yilmaslik so‘raladi.