Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Аbdulla Badriy

(1893 - 1936)

Bolaligi. Abdulla Badriy 1893-yili Samarqandda tug‘ilgan.

Ma’lumoti. Rus-tuzem maktabini tamomlagan.

Faoliyati. Maktabni tamomlagach, muallimlik qilgan. 1910-yillarda yevropacha usuldagi yangi о‘zbek teatrining shakllanishiga hissa qо‘shgan. О‘zining drama truppasini tashkil etgan.

Ilmiy-adabiy merosi. 1914 – 1916-yillarda “Juvonmarg”, “Ahmoq”, “О‘gay ota”, “Boyvachcha” kabi pyesalar yozgan. Ularda о‘z davrining muammolarini ochib berishga harakat qilgan. 1920-yilda yozgan “Namoz о‘g‘ri” pyesasida о‘zbek xalqining bosqinchilarga qarshi kurashi yoritilgan va sahnalashtirilgan.

Abdulla Badriy Buxoro jadidlari say-harakati bilan tashkil etilgan va ularning ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga bag‘ishlangan “Yosh buxoroliklar kim?” (Moskva, 1919) va “Yosh buxoroliklar: bechora xalq dehqonlar uchun yaxshimi, yomonmi?” (Moskva, 1919) risolalarini yozgan. О‘zbekiston Milliy kutubxonasi Qо‘lyozmalar, noyob va alohida qiymatga ega nashrlar xizmati fondida Pyau 63 raqami ostida “Yosh buxoroliklar kim?” risolasi saqlanmoqda. Risolaning umumiy hajmi 13 bet bо‘lib, Yosh buxoroliklar tashkiloti, uning maqsad va vazifalari ochib berilgan.

Abdulla Badriyning yana bir “Yosh buxoroliklar: bechora xalq dehqonlar uchun yaxshimi, yomonmi?” (1919) risolasi (Пяу) 159 raqami ostida saqlanmoqda. Risolaning umumiy hajmi 14 bet bо‘lib, unda Buxoro amirligining davlat boshqaruvi, soliq tizimi, qozilik ishlari, mullalar faoliyati va boshqalar tanqid ostiga olingan hamda Yosh buxoroliklar tashkilotining dehqonlar manfaatini himoya qiluvchi partiya ekanligi targ‘ib qilingan.

О‘limi. 1936-yili vafot etgan.

D.J.