Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Musojon Yoʼldoshevich Sаidjonov

(1893 - 1937)

Bolaligi. Muxtorjon Saidjonov 1893-yili Buxoroda qorako‘lteri savdosi bilan shugʻullanuvchi yirik savdogar Yo‘ldosh Saidjonov oilasida dunyoga kelgan. Muxtorjon oilada uchinchi farzand bo‘lib, Qurbon ismli akasi, Xadicha ismli opasi, Musojon ismli ukasi bo‘lgan. (Ukasi Muxtorjon bilan 1937-yil 14-oktabrda bir kunda otib tashlangan).

Maʼlumoti. Muxtorjon Saidjonov dastlab eski usul maktabida, so‘ngra Mir Arab madrasasida, keyinchalik Kogondagi rus-tuzem maktabida tahsil olgan. Muxtorjon arab, fors, turk va rus tillarini yaxshi bilgan. Adabiyot, tarix va geografiya fanlarini chuqur o‘zlashtirgan. Diniy fanlarni, arab va fors mumtoz adabiyoti namunalarini qunt bilan o‘rgangan.

Faoliyati. Muxtorjon Saidjonov 1917-yildan Yosh buxoroliklar partiyasi Markaziy Komiteti aʼzosi bo‘lgan. Kolesov voqeasidan so‘ng, Yosh buxoroliklardan ajralib chiqqan.

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilgach, BXSR Ichki ishlar noziri (1920-yil sentabr–1921-yil may; 1922-yil mart–1923-yil avgust), Davlat nazorati noziri (1920-yil noyabr–1921-yil may), BXSRning RSFSR hukumati huzuridagi maxsus vakili (1921-yil may–1922-yil mart), Buxoro Kompartiyasi MK masʼul kotibi (1921-yil dekabr–1923-yil), BXSR MIK masʼul kotibi (1923-yil avgust–1924- yil oktabr). “Milliy ittihod” tashkilotining Buxoro shuʼbasida faoliyat ko‘rsatgan (1920–1922).

O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazilgach, avval Zarafshon okrugi ijroiya qo‘mitasi raisi, so‘ngra Zarafshon okrugi partiya komiteti masʼul kotibi (1925) sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 1925-yil fevral – noyabr oylarida O‘zbekiston SSR Ichki savdo xalq komissari bo‘lib ishlagan. 1925-yildan O‘zbekiston Kompartiyasi MK aʼzosi.

O‘n sakkizlar guruhining faol ishtirokchisi sifatida VKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosining O‘zbekistondagi faoliyatini keskin qoralaganligi uchun 1925-yil oxirida bir yil muddatga partiya va sovet idoralaridagi masʼul lavozimlardan chetlashtirilgan. Keyinchalik 1936-yilgacha “O‘zbekkino” tresti boshqaruvchisi lavozimida xizmat qilgan.

O‘limi. Muxtorjon Saidjonov 1937-yil 20-mart kuni sovet rejimi tomonidan qamoqqa olinib, ukasi Musojon Saidjonov (1893–1937) va buxorolik boshqa milliy rahbarlar bilan birgalikda (jami 17 kishi) Toshkentda 1937-yil 25-oktabrda otib tashlangan.

D. J.