Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Bаde’ Аbdullа Mаhmudovich

(1909 - 1941)

Bolaligi. 1909 yili Yangi Buxoroning Rabot Qilich qishlog‘ida Buxoro amiri qorovulbegisi taraqqiyparvar inson Bade’ Mahmud oilasida tug‘ilgan.

Ma’lumoti. U “Avlodi shuhado” maktabidan Germaniyaga yuborilgan va 1922 – 1926 yillar Kyoslingda о‘qigan. U Samarqanddagi pedakademiyani tugatib, 1933 yildan 1937 yillar Kuybeshev nomidagi Qishloq xо‘jaligi institutida matematika fanidan dars bergan, assistent, dotsent lavozimida ishlagan.

О‘limi. Bade’ Abdulla 1937 yil 28 noyabrda qamoqqa olingan. 1940 yil 19 avgustda 8 yilga mehnat tuzatish lageriga hukm qilingan. 1941 yil 24 noyabrda jazoni о‘tash davrida vafot etgan.

D.J.