Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Mirmulla Shermuhamedov

(1885 - 1923)

Bolaligi. Mirmulla Shermuhamedov 1885-yil 15-avgustda Toshkentning Sebizor daha Mahsidо‘zlik mahallasida Shermuhammad ota oilasida tug‘ilgan. Oilada tо‘rt farzand bо‘lib ukalari Mirmuhsin, Mirmuslim va Muborak. Oddiy  о‘zbek oilasidan bо‘lib, otasi hammollik va chorikorlik bilan kun kо‘rgan.

Ukasi Mirmuhsin jadidchilik harakatining a’zolaridan shoir va jurnalis. “Ishtirokiyun”, “Qizil bayroq”, “Turkiston” gazetalarining muharriri. U 1929-yilda uyning bolaxonasi tomidan yiqilib vafot etgan.

Ukasi Mirmuslim yangi usul va rus-tuzem maktabida о‘qigan. Sо‘ng 1921-1923-yillarda Sharq xalqlari kommunistik universitetida о‘qigan. U 1926-1928-yillarda Samarqand okrug partiya komitetida inspektor, sо‘ngra kotib vazifasida ishlagan. Mirmuslimning 1930-yillardan keyingi faoliyati О‘zbekiston kompartiyasi MKning qishloq xо‘jalik bо‘limida ishchi sо‘ng esa  mudir lavozimlarida ishlagan. U “Milliy ittihod” tashkilotining a’zosi bо‘lganlik va “xalq dushmanlari” bilan hamkorlik qilganlikda ayblanib, 1938-yilda otib tashlangan.  

Ma’lumoti. Dastlab eski maktabda sо‘ng ru-tuzem maktabida ta’lim olgan. Rus, fors, fransuz tillarini yaxshi bilgan. Jadidchilik harakatida faol ishtirok etgan.

Faoliyati. U 18 yoshdan boshlab savdo ishlari bilan shug‘ullangan. Dо‘kon ochib savdo qilgan. Tushkistonda tashkil etilgan yangi usul-maktablari hamda milliy matbuot hamda milliy teatrning ishlarida ishtirok etgan. Teatrga bо‘lgan qiziqishi natijasida 1918-1920-yillarda teatr tanqidchiligini о‘rganadi. Turkiston ASSR Markaziy Ijroya Komitetida tarjimonlik (1922) qilgan. Shuningdek, Toshkentda nashr etilgan “Qizil bayroq” gazetasida faoliyat olib borgan.

Ilmiy-adabiy merosi. Uning dastlabki maqola va she’rlari “Sadoi Turkiston”, “Turkiston viloyatining gazetasi” da nashr etilgan. Uning teatr tanqidchiligi mavzusidagi maqolalari milliy matbuotning “Ishtirokiyun”, “Qizil bayroq” kabi bir qator gazeta va jurnallar sahifalarida bosiladi. “Shodlik kechasi”, “Hurrit qahramoni”, “Zaharli hayot”, “Xо‘r-xо‘r” kabi teatr tanqidchiligiga oid maqolalar shular jumlasidan. Uning tanqidiy maqolalari teatrni rivojlanishiga xizmat qilgan. U hikoya va she’rlar ham yozgan. “Turmush kо‘rinishlari”, “Bu kun bayram edi” kabi hikoyalari shular jumlasidan.

Oilasi: 1922-yilda Mirmulla Shermuhamedov “Qizil Bayroq” gazetasi uchun tо‘ldirgan anketasida Otasi Shermuhammad – 65 yoshda, onasi 55 yoshda, Turmush о‘rtog‘i 25 yoshda bо‘lganligini yozgan. U 2 farzanning otasi edi.

О‘limi. Mirmulla Shermuhamedov 1923-yilda vafot etgan.

A.Y.