Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Hikmatli so'zlar

  • Qayerda qozilik ishlarida rishvat (poraxoʼrlik) bo‘lsa, u joyda qozilik ishlari umuman yo‘q degani. Kishi pora berib qozi bo‘lsa, hukm qilish ishlari ne bo‘lgay? Bas, zamonimizda hukm qilishga haqli kishi mavjud emasdir. Shundayki, hamma eshonlar qozilikni pora birla olurlar. Poraga boshqa nomlar berurlar. Bas, qozilikni rishvat birla olishlik ko‘plab sharʼiy hukmlarni chiqarishning botilligini vojib qilur. Chunki juda koʼp musulmonlarning ishlari va hukmlarining qanday bo‘lishi ularning raʼylariga bog‘likdir.


  • To‘y va ziyofatlardagi isrofgarchiliklarning barcha ko‘rinishlari tom maʼnoda bugungi kunda xalq orasiga o‘rnashgan. Uni biron kishi isrof demay qo‘ygan, aksincha, isrofchilarni karam va saxiylik sohiblari deb aytishadi, isrofgarchilik qilmaydiganlarni esa ziyofatxo‘rlar baxil deb atashadi. Masalan, birov dasturxon ustiga ahli salaf odati deb bitta non va taom qo‘ysa, uni bag‘oyat ayblaydilar. Bugungi kunda diyorimizda bir kishining oldiga turfa shirinliklaru ichimliklar va yeguliklarni chunon koʼp qoʼyadilarki, o‘tirishga joy topilmas.


  • Аvom xalqni isloh qilish ulamoga vojibdir, olim uchun esa tolibga farzi ayn (yaʼni o‘rganilishi va amal qilinishi shart bo‘lgan diniy amallar va bilimlar)ni tokim tushunib yodlaganicha taʼlim berishi farzdir. Bu dangasaliklarimiz va beparvoliklarimizning gunohi olimlarga tushadi.


  • Bizga vojib shudirki, o‘zlarimizning qusurlarimizni eʼtirof va iqror qilib, bu buzuqliklarni o‘zimizdan bilaylik va o‘z gunohlarimizdan tavbayu istig‘for qilaylik. Harom qilingan, yangi paydo bo‘lgan rasm-rusumlar va oralarimizdagi mashhur bidʼatlardan saqlanaylik. Toki, biz osiylarning gunohlari shumligi va kasofatidan islom podshohi davlatiga zararu zahmat va xaroblik qaytmasin.


  • Zamona sultonlari Ilohning jalol va jamol sifatlarining mazharidirlar. Аgar raiyatlar lutf va marhamatga loyiq boʼlsalar, jamol va lutf sifatlarini zohir qilurlar va agar qahru g‘azabga loyiq bo‘lsalar, jalol va qahr siftlarini zohir qilurlar.