Sayt sinov yo'sinida ishlamoqda

Hikmatli so'zlar

  • G‘ayrat xalqimizdan, inoyat tangrimizdan.


  • Sanoi nafisani islom xarjiga otmoq va yo islomiyatga muholif bo‘lmak to‘g‘ri bir fikr emasdir.


  • Sanoi nafisaning takomil shaxsiga qilgan hidmati nazar e’tiborga olinarsa: g‘oya, e’tibor ila iymonga ko‘b qutli aloqasi borlig‘i maydong‘a chiqadir.


  • Sanoi nafisa insonga zarofat, nazokat, qalblarga marhamat, shafqat roqat alihi bir oshiq muhabbat xulasi butun go‘zal va yaxshi hissiyot hosil etmak uchun iste’dod va qobilyat beradur.


  • Sanoi nafisaning bir qismi bo‘lgan rasm, musiqa kabi nafis san’atlarni haromdir, shudir, budir demak tamomila yanglish bir hukmdir.


  • Doimo she’r, musiqa, adabiyot, rasm xitobot kabi nafis san’atlar vositasila mjrad fikrlar bir his bir iymon holiga keltirulur.


  • Zehinni tasavvurlarini qalbga birlashtiradurgan bir iymon holiga qo‘ymoq uchun butun hayot amaliyada bir yagona vosita – sanoi’ nafisadir.


  • Xullas iymon demak sh’ur, hifz, dahn demak emas balki tuyg‘ular, hislar demakdir.


  • Shu holda chin iymon hofiz va yash’ur turbasiga to‘ldirilgan bir to‘da fikrlar emas: balki qalbning qa’dasi va olihi boqchasida ochilgan go‘zal isli hissiyot gullari tuyg‘u chechaklaridir.


  • Esingiz va sh’uringizda yashagan har bir fikr, hukm, mulohaza; harakatingizda amal va soiq bo‘lolmas.


  • Islom dining g‘oyasi – o‘z soliklarining saodatini ta’min va unlarning musallihini kuzatmakdir.


  • Tavfiq – tangridandir.


  • Asrimizning ilm bilan yarog‘lanmas esak, hech bir ish qilolmaymiz, hatto yasholmaymiz agar musulmonlar qur’on a’zim al shonning “Hal yastui allaziyn ya’lamun va lillazin laya’lamun” ga bir hikmatli so‘zlariga amal etsalar, Rasululloh va shobi Krom yo‘llaricha ketsalar, bu kungi foje’a ahvolga tushmaslar edi.


  • Islom dinining asl maqsadi va g‘oyasi insonlarning moddiy va ruhoniy yoqlarin tuzatib, unlarni haqiqiy saodatga olib chiqmoqdir.


  • Dinni asriy bir holga qo‘ymoq, din bilan hayot orasidagi yo‘lni qisqartmoq uchun eng avval maorif lozimdir.